Koreya mehnat migrantlari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlaydi
Shuningdek, o‘rnatilgan haftalik va oylik cheklovlar ham olib tashlanishi rejalashtirilgan.

Bunda, fuqarolar o‘z yurtlarida emalangan va manfiy PZR test natijasiga ega bo‘lishlari shart.
Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vaziri An Kyung-duk mamlakatda karantin choralari yumshatilishi va "COVID-19 bilan" dasturining mehnat migratsiyasi jarayonlariga ijobiy taʼsir etishi haqida maʼlum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzog'i noyabr oyining oxirida xorijdan kirib kelayotgan mehnat migrantlarining soni kengaytiriladi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, pandemiya taʼsiri oqibatida mamlakatga kirib kelayotgan mehnat migrantlarining yillik soni 50 mingdan 7 mingga tushib ketgan.
O‘z o‘rnida, kichik va o‘rta biznes korxonalari, fermer xo‘jaliklari ishchi kuchi yetishmasligidan zarar ko‘rmoqda.
Avvalroq janubiy va shimoliy Koreya o‘rtasida aloqa tarmog‘i tiklangandi.
Bahriniso Madumarova







