Ta'lim

“Meyji inqilobi” —  "Yapon moʻjizasi"

JICA prezidenti Shinichi Kitaoka o‘zbekistonlik talabalarga onlayn-maʼruza o‘qidi.

“Meyji inqilobi” —  "Yapon moʻjizasi"

 

Yaponiya iqtisodiy jihatdan Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu kunchiqar mamlakatning boy tarixi va o‘ziga xos madaniyati barchani birdek qiziqtiradi. Ularning yaqin tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asrda ro‘y bergan "Meyji inqilobi" tufayli modernizatsiya davri, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qayta tiklanish harakatlari muvaffaqiyatli kechganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu tarixda "yapon moʻjizasi" nomini olgan.

 

O‘zbekistonlik talabalar va o‘qituvchilar uchun “JICA Chair” loyihasini amalga oshirish doirasida tashkilot prezidenti Shinichi Kitaoka tomonidan “Meyji inqilobi: Keng ko‘lamli modernizatsiyaning boshlanishi” mavzusida onlayn-maʼruza o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Shinichi Kitaoka tinglovchilarga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati, video orqali oldindan o‘zlashtirilgan "Meyji inqilobi" bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalari hamda qarashlari bilan bo‘lishdi.

 

Taʼkidlanishicha, ishtirokchilar Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalaridagi rivojlanish tarixining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, mamlakatda davlatchilikning tashkil etilishi, dastlabki rivojlanish davrida iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining o‘rni, ilm-fan va taʼlimning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasiga oid maʼlumotlarni bilib olishdi.

 

Maʼlumot uchun: 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambag‘allari, savdo-sanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqadi. Natijada burjua inqilobi — "Meyji inqilobi" sodir bo‘ldi. Syogun hukumati ag‘darildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qo‘liga o‘tgan. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga o‘tib, tezlashgan modernizatsiya orqali g‘arb davlatlari darajasiga yetishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot va Indoneziya taʼlim universiteti o‘rtasida qo‘shma taʼlim dasturini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangani xabar qilingan edi.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

“Meyji inqilobi” —  "Yapon moʻjizasi" | Zamon.uz