Gvardiola: “Futbol nusxa ko‘chirishdan iborat emas”
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasi va “Liverpul”ni solishtirmasliklarini aytdi:

“Bizda “Liverpul” kabi o‘ynash uchun sifatlar yo‘q, shuning uchun jamoamizda boshqacha uslub bor. Futbol nusxa ko‘chirishdan iborat emas. Liverpuldan mag‘lubiyatga uchragach, “Manchester Yunayted” o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirdi va “Tottenxem”ga qarshi 3-5-2 taktikasida o‘ynadi. Ular buni “Atalanta”ga qarshi o‘yinda ham saqlab qolishdi, ammo Rafael Varan jarohatidan so‘ng to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynashga qaytishdi. Ko‘ramiz, “MYU” bizga qarshi o‘yinda nima qiladi. Agar “Liverpul” kabi o‘ynashimizni istasangiz, Yurgen Klopp, Sadio Mane va Muhammad Salohni taklif qilishingiz kerak. Biz bir xil harakat qila olmaymiz, bizda turli o‘yinchilar bor va boshqacha o‘ynaymiz. Balki “MYU” hozir “Liverpul” bilan o‘ynaganida, butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatgan bo‘lardi. Futbolda hamma o‘rganadi”.
Eslatib o‘tamiz, Angliya premyer-ligasining 11-tur uchrashuvida “Manchester Siti” “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq “Atalanta” Miranchukning o‘rniga futbolchi topgani va Xavi bilan muzokara ko‘ngildagidek o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







