Sport

Olivye Jiru: “Karim Benzema o‘yinimizda inqilob yasay oldi”

“Milan” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzemaning qaytishi Fransiya terma jamoasiga qanday taʼsir qilgani haqida gapirdi:

Olivye Jiru: “Karim Benzema o‘yinimizda inqilob yasay oldi”

 

“Benzemaga nisbatan hasad ham qilmayman, g‘arazli niyatim ham yo‘q, lekin uning terma jamoaga qaytishi jamoa o‘yinini o‘zgartirdi. Uning bizga moslashish uchun vaqt kerak edi.

Karim o‘yinimizda inqilob yasay oldi, ayniqsa, raqib darvozasiga hujum qilishda. Bu o‘zgarish, albatta, bir kechada sodir bo‘lishi mumkin emas edi, ayniqsa, Yevropa chempionatidek muhim turnirda”.

 

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema joriy mavsum Ispaniya chempionatining 10 ta o‘yinida 9 ta gol urdi.

 

Avvalroq Karim Benzema “Oltin to‘p”ni yutish bolalikdagi orzusi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Olivye Jiru: “Karim Benzema o‘yinimizda inqilob yasay oldi” | Zamon.uz