7 ta nokaut qayd etilgan UFC 268 turniri yakuniga yetdi
Bugun AQSHning Nyu-York shahrida UFC 268 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasi vakili Kamaru Usmon va Kolbi Kovington o‘rtasida kechdi. Jang to‘liq 5 raund davom etdi. Unda Usmon ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa nigeriyalik yakkakurashchi chempionlik kamarini himoya qildi.
UFC oqshomining mutlaq yengil vazn toifasi chempionligi uchun kechgan ikkinchi asosiy jangida Rouz Namayunas revansh jangida Veyli Jangni ochkolar hisobiga yengdi.
Navbatdagi qiziqarli bellashuvlardan biri esa yengil vazn toifasi vakillari Jastin Getji va Maykl Chendler o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Getji ochkolar hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Avvalroq UFC 267 turnirining asosiy janglarida qanday natijalar qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







