Sport

Mening asosiy maqsadim himoya chizig‘idagi muammolarni oz bo‘lsada bartaraf etish – Srechko Katanes

15-noyabr kuni O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Gretsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Mening asosiy maqsadim himoya chizig‘idagi muammolarni oz bo‘lsada bartaraf etish – Srechko Katanes

 

Bugun poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida terma jamoamiz ushbu o‘yin oldidan dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes mazkur o‘yin oldidan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

 

Dastlab o‘rtoqlik uchrashuviga jalb etilgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

 

Biz tarkibni doimo O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tanlaymiz. Gretsiya termasi jamoamiz uchun yaxshi raqib hisoblanadi. Ikkinchi tomondan bu bizga yaxshigina sinov ham bo‘ladi. Bizda Gretsiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bor. Tarkib haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirda markaziy himoyada muammolarimiz mavjud. Xususan, bu galgi yig‘inda Rustam Ashurmatov hamda Shahboz Umarov ayrim sabablarga ko‘ra ishtirok etishmayapti. Mening asosiy maqsadim himoya chizig‘idagi muammolarni oz bo‘lsada bartaraf etish.

 

Siz shu vaqtga qadar bir nechta futbolchilarning o‘yinini kuzatishga erishdingiz. O‘zingiz uchun yangi bo‘lgan nomlarni kashf etdingizmi va qaysi futbolchilarni alohida eʼtirof etgan bo‘lardingiz?

 

Deyarli barcha o‘yinchilarni gapirishimiz mumkin. Men terma murabbiyligiga kelgunga qadar faqat Eldor Shomurodov yoki Jaloliddin Masharipov kabi futbolchilarni bilardim. Hozirda boshqa o‘yinchilarni ham kashf etyapman. Ko‘proq yoshlarga imkoniyat yaratishga harakat qilyapman. Ular xato qilgan taqdirda ham doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki, aynan ular orqali terma jamoa o‘yinida qandaydir yangiliklar yaratish mumkin.

 

Bugungi kunda termamizning hujum chizig‘ida raqobat kuchayib bormoqda. Mana shu hujumchilarimizning sermahsulligi sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

 

To‘g‘ri hozirda hujum chizig‘imiz nisbatan yaxshi holatda deb aytib o‘tishimiz mumkin. Lekin, alohida u o‘yinchilarga tayangan holda emas, butun jamoani shakllantirishimiz kerak.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mening asosiy maqsadim himoya chizig‘idagi muammolarni oz bo‘lsada bartaraf etish – Srechko Katanes | Zamon.uz