O‘rtoq “voyenkom”, ayol kishiga qo‘l ko‘tarishga kim huquq berdi?
Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ayol kishiga qo'l ko'targani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bozorda ayol kishiga nisbatan noo‘rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqaldi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, hozirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan.







