JSST qachon pandemiya tugashini maʼlum qildi
Bu haqda tashkilotning Yevropa bo‘limi rahbari aytib o‘tgan.

JSST Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge koronavirus pandemiyasi tugashi dunyo qanchalik tez infeksiya bilan yashashni o‘rganishiga bog‘liq ekanini maʼlum qildi.
“Sog‘liqni saqlash tizimiga yuklama kamaysa, kasalxonalarga yotqizish va o‘lim holatlari kamaysa, shuningdek, avvvalgidek boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati tiklansa, pandemiya endemiyaga* aylanadi”, — degan Klyuge.
Shuningdek, u hozirgi vaziyatning og‘irlashishiga baʼzi davlatlarda sekinlashgan vaksinatsiya surʼati va profilaktika choralarining yumshatilishi sabab bo‘lgan.
“Hamma nima bo‘lganini unutgandek tuyulyapti. Bir yil avval esa butun dunyo iqtisodiyoti to‘xtab qolgandi”, – deb qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Rossiya olimlari koronavirus tarqalishini to‘xtatadigan yangi moddani aniqlagani hamda Yaponiyada pandemiya sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi imtiyozlar joriy qilinishi haqida xabar qilingandi.
*Endemiya — kasallik masshtabi kamayishi







