Sport

Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari  III xalqaro sport musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi

Musobaqada 12 ta mamlakatdan 18 ta jamoa qatnashdi.

Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari  III xalqaro sport musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi

 

Pokiston Islom Respublikasining Lahor shahrida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik va jangovar qobiliyat tizimi” bo‘yicha III Xalqaro sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu bahsda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida mezbon jamoadan so‘ng faxrli 2-o‘rinni egalladi. Mazkur musobaqadan qaytgan harbiy xizmatchilardan iborat jamoa aʼzolari “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

 

Tadbirdda  vazirlikning  masʼul ofitserlari, g‘olib harbiy xizmatchilarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

 

Murosasiz kurash olib borgan ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini 11 nafar harbiy xizmatchilar himoya qilishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati natijalari eʼlon qilingani hamda boks bo‘yicha jahon chempionatlarida vazn toifalari ko‘paytirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari  III xalqaro sport musobaqasida faxrli o‘rinni egalladi | Zamon.uz