Salomatlik

Rossiya olimlari koronavirus tarqalishini to‘xtatadigan yangi moddani aniqlashdi

Bu modda qora murch tarkibida uchraydi.

Rossiya olimlari koronavirus tarqalishini to‘xtatadigan yangi moddani aniqlashdi

 

Qora murch tarkibida uchraydigan piperin moddasi Covid-19 tarqalishini bloklashi mumkin. Rossiya FA sitologiya instituti va Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda shunday xulosaga kelindi.

 

Tadqiqotda ishtirok etgan olimlardan biri Olga Ostroumova “Vedomosti” nashriga bu haqda aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, inson terisiga yopishadigan oqsillarni bloklaydigan preparatlarni yaratish – koronavirusga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ammo shtammlar va ularning oqsillari tez mutatsiyaga uchraydi. Bu yaratilgan preparatlarning maʼlum vaqtdan keyin samarasi yo‘qolishiga olib keladi.

 

Rossiya olimlari boshqa yo‘ldan borgan va ular oqsillarni emas, balki inson hujayrasi hamda oqsil membranasini bloklab qo‘yuvchi dori yaratishni maqsad qilgan.

 

Olimlar piperinga eʼtibor qaratgan. Piperin boshqa bioaktiv qo‘shimchalar tarkibida ishlatib kelinadi. Ostroumova shuningdek, bu moddadan tashqari yana 20 turdagi alkaloidlar ham tajribadan o‘tkazilayotganini maʼlum qilgan. Ammo aynan piperin boshqa moddalardan ko‘ra ko‘proq samara ko‘rsatgan.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 virusiga qarshi dorini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"