Turkmaniston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga kuzatuvchi davlat sifatida aʼzo bo‘ladi
Bu haqda Gurbanguli Berdimuhammedov maʼlum qilgan.

Turkmaniston turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga kuzatuvchi maqomida qo‘shiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Turkiyaning “TRT World” telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati tashkilotning turli uchrashuvlarida faol ishtirok etib kelayotganini taʼkidlagan.
“Shu bilan birga biz barcha turkiy tilli davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiryapmiz. Shu sababli biz Turkiy tilli davlatlar kengashida kuzatuvchi maqomida ishtirok etishga qaror qildik. Aminmanki, Turkmanistonning ishtiroki tashkilot faoliyatiga hissa qo‘shadi”, – degan Berdimuhammedov.
Maʼlumot o‘rnida: Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Qozog‘iston to‘laqonli, Vengriya esa kuzatuvchi maqomga ega.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurishi xabar qilingandi.







