Yangi sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
U 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Toshkentda “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasini taʼsis etish bo‘yicha Konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi nomi bilan yangi sport tashkilotini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.
Assotsiatsiyasi raisi etib Aziz Ahmedov saylandi.
Bugungi kunda jahonning “Vorld Skate” assotsiatsiyasi bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu sport turini O‘zbekistonda rivojlantirish hamda sportchilarimizni nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi uchun muzokaralar olib borilmoqda.
“Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi quyidagi sport turlarini o‘z ichiga oladi:
— Skeytbording,
— Rollerda konkida uchish,
— Rollerda figurali uchish,
— Rollerda yuqori tezlik,
— Rolikli konkida erkin uslub, shuningdek, erkin slalom,
— Rollerda xokkey,
— Roller derbi,
— Skuter, shuningdek, erkin skuter.
Yuqorida ko‘rsatilgan sport turlari jahonning “Vorld Skate” assotsiatsiyasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda 160 dan ortiq davlatda federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyat olib bormoqda.
2021-yilda skeytbordingning ikki yo‘nalish bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqalari o‘tkazildi.
Maʼlumot uchun: o‘zbekistonlik skeytbordchilar uchun Parij-2024 olimpiadasiga 12 ta litsenziya olish imkoniyati mavjud.
Avvalroq, hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun sport maydonchalari tashkil etilishi hamda O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







