Sport

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda

12-14 noyabr kunlari yurtimiz yana bir ajoyib sport anjumani — sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda

 

Hisob bo‘yicha 46-marotaba tashkil etilayotgan bahslarda jahonning 50 ga yaqin mamlakatidan 400 nafarga yaqin sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

 

Musobaqa erkaklar, ayollar va jangovar sambo yo‘nalishida tashkil etiladi. Har bir yo‘nalishda 7 tadan — umumiy hisobda 21 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

 

Jahon chempionatining umumiy sovrin jamg‘armasi 231 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Oltin medal sohiblari 4000, kumush medal egalari 3000, bronza medalini qo‘lga kiritgan sambochilar esa 2000 AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi jahon chempionatining bosh homiysi “Rosneft” kompaniyasi, hamkorlar esa VTB Bank, "Flash Up Energy" va “BUKA” kompaniyalari hisoblanadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda sambo bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda | Zamon.uz