Eng dolzarb

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak ikki xotinining qotiliga aylandi

U ikkinchi xotinini 2019-yil o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborgan.

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak ikki xotinining qotiliga aylandi

 

Birinchi qotilligidan so‘ng 13 yil “o‘tirib chiqqan” erkakning ikkinchi qotilligi haqida uning 15 yoshli qizi xabar bergan.

 

Mazkur qotillik voqeasi haqida qisqacha axborot bergan viloyat IIB axborot xizmati kosonlik erkak ikkinchi xotinini 2019 yil o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborganini oshkor qildi.

 

“Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l va oyoqlarini sindirib, qasddan o‘ldiradi va jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan ko‘mib yuborganligi aniqlandi”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

 

Aniqlanishicha, fuqaro dastlabki qotilligini 1986-yil sodir etgan. U umrining 13 yilini panjara ortiga o'tkazgan. Ammo fuqaro bundan to'g'ri xulosa chiqarmay, 2019-yil yana bir xotinini 13 yoshli qizining ko‘z o‘ngida urib o‘ldirib, quduqqa tashlagan va ustidan ko‘mib yuborgan. Ikki yildan so‘ng yaʼni 2021-yil 15 yoshga kirgan o‘sha qiz o‘gay onasini ham o‘lgudek do‘pposlayvergan otasi yana bir qotillikka qo‘l urishidan qo‘rqib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga xabar bergan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qashqadaryoda to‘rt xotinli erkak ikki xotinining qotiliga aylandi | Zamon.uz