Sport

Sambochilarimiz jahon chempionatida yana to‘rtda medalni qo‘lga kiritdi

Bugun Toshket shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida sambo bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Sambochilarimiz jahon chempionatida yana to‘rtda medalni qo‘lga kiritdi

 

Bugungi bellashuvlarda to‘rt nafar sambochimiz sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab -71 kg vazn toifasida  sportchimiz Istam Qudratov jangovar sambo bahslarida bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Shundan so‘ng, bahslar qizg‘in pallaga kirdi. -98 kg vaznli sambochimiz Nodirjon Mirxalikov jahon chempionatining  finalida rossiyalik Anton Konovalovga qarshi bahs olib bordi va jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. Jangovar sambo yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan yana sportchimiz  Furqat Ro‘ziyev finalda ukrainalik Vladislav Rudniyevga qarshi jang o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa hamyurtimiz kumush medal sohibiga aylandi. -88 kg vazn toifali Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo) finalda rossiyalik Magomed Magomedovga qarshi jang o‘tkazdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

Avvalroq sambo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun omadli o‘tgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Sambochilarimiz jahon chempionatida yana to‘rtda medalni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz