0

10-15 kunda benzin narxi o‘zgaradi

Benzin narxi oshishida manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sunʼiy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlangan.

10-15 kunda benzin narxi o‘zgaradi

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev maʼlum qildi.

 

U quyidagicha fikr bildirdi: “Benzin narxlariga taʼsir qiluvchi omillar o‘rganildi, ko‘rsatmalar berildi, choralar ko‘rilyapti. Bu bo‘yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti. Qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, biz unga taʼsir ko‘rsata olmaymiz. Lekin sunʼiy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga taʼsir ko‘rsatish mumkin”.

 

Bundan tashqari,  anjumanda benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etayotgani, bu vaqt talab qiladigan masala ekanligi, ammo  yaqin kunlarda narxlarda  sezilarli o‘zgarish bo‘lishi  ham taʼkidlandi.

 

Ayni paytda  bu borada bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga eʼtibor qaratilmoqda.

Buning asosiy sabai yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko‘proq ekanligi oydinlashdi.Natijada, lotlar kichik hajmda qilinayotgani, bundan maqsad — oddiy AYOQSHlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratilayotgani ham maʼlum bo‘ldi.

 

Bu esa narxlar sunʼiy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashgani hamda O‘zbekistonda benzin narxi oshgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

10-15 kunda benzin narxi o‘zgaradi