“Nyukasl” Azarni qo‘lga kiritmoqchi
“Real Madrid” klubida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, “Nyukasl” klubi hali ham yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Klubning yangi xo‘jayinlari Edenning transferi uchun 40 million yevro miqdoriga yaqin mablag‘ ajratish niyatida. O‘z navbatida, “Real” prezidenti Florentino Peres belgiyalik futbolchining nursiz o‘yini va doimiy jarohatlari tufayli u bilan xayrlashishga tayyor. Transfer yanvar oyida amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Azar La Ligada o‘nta o‘yinda maydonga tushdi va faqat bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchiligi va “Barselona” uchta futbolchini qo‘lga kiritmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







