Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan ketishi kutilmoqda
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlanishi mumkin.


Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun: Qashqadaryo viloyatining hozirgi hokimi Zoyir Mirzayev 2019-yil oktabr oyida viloyat hokimi sifatida ish boshlagandi. U Qashqadaryoni 2013-yildan beri boshqargan Zafar Ro‘ziyev o‘rnini egallab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, General-mayor Murod Azimov 2018-yil fevral oyida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangandi. 2016- yilning sentyabridan boshlab O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan.
Ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan!







