Eng dolzarb

“...Reklama chiqishini xohlamaysizmi? Unda to‘lang!”

Komil Allamjonov “Telegram” da joylanayotgan majburiy reklama bo‘yicha Pavel Durovga murojaat qildi.

“...Reklama chiqishini xohlamaysizmi? Unda to‘lang!”

 

Maʼlumki, Pavel Durov yaqinda o‘zi yaratgan Telergam messenjeri tizimiga reklama eʼlonlarini kiritgani haqida xabar bergandi. Deyarli barcha rasmiy va norasmiy messenjer kanalarda “Reklama chiqmasligini xohlaysizmi? To‘la!” nomli ibora bilan matn chiqmoqda.

 

Mazkur holatga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov o‘z munosabatini bildirdi.

 

Qayd etilishicha, “Telegram” asoschisi Pavelning yangi reklama siyosatini   fond rais yoqlamagan. Shuningdek, u bunday reklamalarning eng xafli, achinarli tarafi, ko‘pchilik foydalanuvchilar doimiy kuzatib borayotgan kanallariga ishonishi  hamda  bunday reklamalarni kanal egasi tavsiya kilyapti, degan hayolga borishi mumkinligini taʼkidlab o‘tgan.

 

Yangi reklama siyosatining tartibiga ko‘ra, endilikda ular tahririyat yoki bloger ruxsatisiz, xohlagan kanaliga reklama qo‘yishi va o‘z reklamasidagi mahsulotni tavsiya qilishi mumkin.

 

K.Allamjonov bunga  quyidagicha izoh berdi:

 

“Bundan kelib chiqadiki, siz eshshakdek ishlab kanalni ko‘tarasiz, uning obro‘si uchun xavf-xatarga qaramay yozasiz, sizning kanalingizni hamma o‘qishni boshlaganida Telegram tayyorga ayyor bo‘lib, sizdan so‘ramay o‘z reklamasini sizning kanalingizga qo‘yib, pul ishlaydi. Sizga esa figushki. Yana nimamush, «Reklama ko‘rishni istamaysanmi? To‘la! Reklama sening kanalingda chiqishini xohlamaysanmi? To‘la!» Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti kanalida yoki xuquq-tartibot organlari kanalida ham reklama chiqishi g‘alati ko‘rindi. Bu reklama sizga yoqadimi, siz olib borayotgan kanal mavzusiga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi — ularga farqi yo‘q. Pul kelsa bo‘ldi. Xohlasa, cho‘chqa go‘shtini, xohlasa, dinimizga zid bo‘lgan reklamalarni sizga tiqishtirsa ham, siz hech narsa qila olmaysiz”.

 

Shu bilan birga, mavzu, soha va kanallardagi yo‘nalishga umuman mos kelmaydigan reklamalar joylanayotgani ham tanqid ostiga olingan.

 

Masalan, Rossiyaning Federal jazoni ijro etish xizmati Telegram kanalida kriptovalyutalarning reklamasi chiqqani va bu davlat organlari va tashkilotlarining obro‘si va mavqeiga jiddiy putur yetkazishi haqida aytib o‘tgan.

 

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘z Telegram kanalidagi mulohazalarini quyidagicha yakunlaydi:

 

“Hurmatli Pavel, Telegramga hammani obdon o‘rgatib qo‘yib, endi bu yo‘l bilan proyektni monetizatsiya qilmasangiz bo‘lardi. Albatta, bizdan so‘rab o‘tirarmidingiz Undan ko‘ra, katta kompaniyalarga sotib yuborganingiz yaxshi kompaniyani, chem birovning kanaliga naglo o‘zingizni reklamangizni joylagandan ko‘ra. Yoki Youtube‘ga o‘xshab bo‘lishing kanal egalari bilan va o‘sha kanalga zid reklamani qo‘ymaslik imkoniyatini ham yarating”.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turli “telegram” guruhlarga qo‘shib qo‘yishganda, nima qilish kerakligi hamda Telegram‘da xayriya mablag‘larini yig‘ish funksiyasi ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“...Reklama chiqishini xohlamaysizmi? Unda to‘lang!” | Zamon.uz