Eng dolzarb

Xalq taʼlimi vazirligi mega-tanlov eʼlon qildi

Tanlovda respublika bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar agar keyingi ikki yil davomida davlat OTMlaridan biriga o‘qishga kirsa, 1 yildan 3 yilgacha kontrakt summalari to‘lab beriladi.

Xalq taʼlimi vazirligi mega-tanlov eʼlon qildi

 

Joriy yilning 20 noyabridan – 20 dekabrigacha bo‘lgan davri mobaynida “Mening Prezidentim” mavzusida o‘tkaziladigan mazkur tanlov 10-, 11-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. U to‘rt bosqichda, yaʼni maktab, tuman(yoki shahar), viloyat va respublika tarzida amalga oshiriladi.

 

Tanlovni o‘tkazish tartibi:

✅ maktab bosqichida “Yangi O‘zbekiston meni nigohimda” mavzusida esse yozish;

 

✅ tuman (shahar) bosqichida “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insho yozish;

 

✅ viloyat va respublika bosqichlarida “Mening Prezidentim” mavzusida taqdimot tayyorlash va uni 15 daqiqa davomida hakamlar hayʼatiga taqdim etish.

 

Eslatma. Tanlovning respublika bosqichi 21-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

 

Diqqat! Xalq taʼlimi vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tanlovda o‘zi xos rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

 

“Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 2022-2023 yoki 2023-2024-o‘quv yilida respublikadagi OTMlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda, ularning mos ravishda 1-,2-, 3-o‘rindagi g‘oliblariga moliyaviy imtiyoz beriladi.”

 

Jumladan:

1-o‘rin sohibiga 3 yillik;

2-o‘rin sohibiga 2 yillik;

3-o‘rin sohibiga 1 yillik to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berish.

 

Agar tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi keyingi ikki yil mobaynida davlat granti asosida talabalikka qabul qilinsa, unda mazkur mablag‘lar miqdorida mukofot pullariga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, tanlovning respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinni egallagan g‘olib o‘quvchilarning ustozlari, mos ravishda, 30 mln., 20 mln., va 10 mln. so‘m pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.

 

Bundan tashqari, tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) taʼlim olayotgan maktablari direktorlariga ham bittadan noutbuk topshiriladi.

 

Avvalroq Oliy taʼlimga pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Xalq taʼlimi vazirligi mega-tanlov eʼlon qildi | Zamon.uz