Drogba: “U mening barcha rekordlarimni yangilashi mumkin”
“Chelsi” va Kot-d‘Ivuar terma jamoasining sobiq hujumchisi Dide Drogba “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning hozirgi o‘yini haqida fikr bildirdi:

“Agar Saloh shu holatda o‘ynashda davom etsa, u mening barcha rekordlarimni yangilaydi. Bu, men uchun juda og‘ir. Chunki, shuncha qilgan mehnatingiz qadrsizga aylanishi mumkin”.
Maʼlumot o‘rnida: Muhammad Saloh Angliya premyer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, bundan tashqari APL tarixida eng yaxshi afrikalik to‘purarga aylandi. Saloh Drogbaning 104 ta gollik rekordini yangiladi.
Drogba hozirda 44 ta goli bilan Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi afrikalik to‘purar bo‘lib qolmoqda. Saloh hisobida ushbu chempionatda hozircha 33 ta gol bor.
Avvalroq “PSJ” “Fiorentina”dan Mbappega o‘rinbosar topgani va ”Nyukasl”ni qo‘lga kiritgan saudiyaliklar “Inter” ham sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







