Sport

Futbolchining boshiga shishi idish uloqtirilgani sababli o‘yin to‘xtatildi

“Marsel” va “Lion” derbisida jamoalar atigi to‘rt daqiqa o‘ynay oldi, xolos.

Futbolchining boshiga shishi idish uloqtirilgani sababli o‘yin to‘xtatildi

 

Bu yilgi futbol bo‘yicha Fransiya chempionati muxlislar sabab juda ko‘p muammolarga duch keldi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

 

Gap shundaki, “Marsel” klubi yarim himoyachisi Dimitri Payet to‘p tepish uchun burchak bayrog‘iga bordi.

 

Biroq, uning ambitsiyalari tribunadan otilayotgan shisha bilan to‘xtatildi. Yanʼi raqib jamoa muxlisi futbolchiga shisha idish uloqtirgan. Buyum uning boshiga tekkan. Dimitri Payetga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hakam bunday g‘ala-g‘ovurga toqat qilmasligini bildirib, jamoalarni maydondan chiqarib yuborgan. Futbolchiga jarohat yetqazgan shaxs oxir-oqibat topilgan. Avvaliga muxlislar uni qilmishi uchun stadionning o‘zida jazolashdi. Keyinchalik politsiya uni hibsga oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher isteʼfoga chiqarilgani va Kristenson Londonda qolmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Futbolchining boshiga shishi idish uloqtirilgani sababli o‘yin to‘xtatildi | Zamon.uz