Toshkent viloyatining ayrim chegaralari Toshkent shahri hududiga o‘tkaziladi
Umumiy hajmda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yer maydoni 2294,6 gektarni tashkil qiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Toshkent viloyatining Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tgan ijtimoiy obyektlar maʼlum bo‘ldi.
Mazkur tuman hududiga jami 1002,6 gektar qishloq ho‘jaligi yer maydonlari ham o‘tgan.
Shuningdek, quyidagi obyektlarning o‘tkazilishi taʼminlangan:
▪️Mahallar soni - 13 ta;
▪️Yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
▪️Noturar joylar - 428 ta;
▪️Maktablar - 2 ta;
▪️Maktabgacha taʼlim muassasalari - 4 ta;
▪️Diniy muassasalar - 1 ta;
▪️Qabristonlar - 2 ta;
▪️Tibbiy muassasalar - 1 ta.
Maʼlumot uchun: Qibray tumanidan Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgani hamda O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar maʼlum qilindi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







