Eng dolzarb

Maktabdagi isitish qozonlari ko‘rgazma uchunmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarining maktabga pechka ko‘tarib kelgani tasvirlangan surat tarqaldi.

Maktabdagi isitish qozonlari ko‘rgazma uchunmi?

 

Aslida, bu biz uchun yangilik emas, biroq yaqin 3-4 yil ichida bunday holatlarga barham berilgan bo‘lishi kerak edi. Boisi, rahbarlarning elektr toki bo‘yicha muammolar hal bo‘ldi degan gaplari “hammasi joyida degan tushuncha uyg‘otadi” kishida.

 

Maktabda o‘qib yurgan kezlarimizda uyimizdan kichkinagina ko‘rpacha ko‘tarib kelardik. Chunki xona anchagina sovuq bo‘lardi. Shu sababli ham darsda kiygan qalin kiyimlarimizni ham yechmasdan o‘tirardik.

 

Ko‘mir bilan isitiladigan bug‘liy pechkalar yoqilganda hammayoqni ko‘mir hidi tutib ketardi. Xonadagi trubalardan esa “chak”killab suv oqishni boshlardi… xullas, mana shunday davrda o‘qiganmiz.

 

Alamlisi, o‘sha vaqtlarda xorij davlatlaridagi bolalar allaqchon kompyuter bilan tanishgan, shinam maktablarda o‘qib, yutuqlarga erishayotgan edi. Biz esa faqat ularning dovrug‘ini eshitardi. “Qish keldi” deganda, bitta-yu bitta dardimiz issiqroq kiyim olish, ko‘rpacha tiktirish bo‘lardi.

 

Oradan, mana, qariyb 10-15 yil o‘tib ketdi. Uyalib aytamanki, poytaxtda o‘qib, qayerdan kelganimni ham unutib qo‘yibman. Ammo mazkur surat menga o‘sha kunlarimni yodimga tushirdi.

 

Surat Andijon viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining birida olingan. Unda o‘quvchi tomonidan isitish vositasi olib kelinayotganligi tasvirlangan. Sovuq kunda bolasini o‘qishga yuborayotgan ota-ona farzandining sog‘ligini o‘ylab, pechka berib yuborgan bo‘lsa kerak. Bundan ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki bo‘rttirgan bilan bo‘rtib chiqmaydi-ku.

 

Doimgidek, mazkur holatni o‘rganish uchun viloyat xalq taʼlim boshqarmasi ishchi guruhi tuzilgan. Shundan so‘ng maʼlum bo‘lganki, surat viloyatning Ulug‘nor tumanidagi 21-maktabning kirish qismida olingan. Ushbu maktab 2018-yil “Obod mahalla davlat dasturi” asosida to‘la taʼmirlanib, o‘quv binolari zamonaviy ko‘rinishga keltirilganligi aytiladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, maktabda 4 ta (3 ta Piroliz, 1 ta AKS-50 rusumdagi) isitish qozonlari o‘rnatilgan bo‘lib, kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan (2021-yil 15-noyabr sanasidan) o‘quv binolari standart haroratda isitilishi kerak edi. Hayron qolarli maʼlumot, to‘g‘rimi?

 

Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining bo‘lib o‘tgan holatga bergan munosabati esa taajjubni yana-da orttiradi.

 

“Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu taʼlim muassasasida o‘quvchilar tomonidan olib kelinadigan isitish vositalariga umuman zarurat yo‘qligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi axborot xizmatining xulosa qismida.

 

Bir tarafdan kishining qiziqishi ortsa, boshqa tarafdan kulgisi qistaydi.

 

Agar ehtiyoj sezilmagan bo‘lsa, unda nega bola pechka ko‘tarib keldi? Axir u koptok yoki varrak emas-ku, “darsdan chiqib o‘ynaydi”, - desa.

 

Odatda rasmiy munosabat berilgandan so‘ng voqea-holatga nuqta qo‘yiladi. Biroq Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining bunday munosabati nuqtalarni ko‘paytirdi.

 

Aytiladigan gaplarimiz hali tugamagan bo‘lsa-da, tegadigan joylar ko‘p bo‘lganini hisobga olib, shu yerda “yurishimizni” to‘xtatamiz. Xulosa o‘rniga esa so‘roqlar qoldiramiz. Javob esa doimgidek o‘zingizda:

 

Davlat byudjetidan milliardlab emas, trillionlab pul ajratilayotgan bo‘lsa, shuncha summa qayerga ketyapti?

Hali ham qishning dardi bilan ulg‘ayayotgan bolalarimizning ehtiyojini qachon qondiramiz?

 

Diqqat! Muallif fikri tahririyat fikridan farq qilishi mumkin.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Maktabdagi isitish qozonlari ko‘rgazma uchunmi? | Zamon.uz