Ta'lim

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning eng qadimiy qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘ldi.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi

 

Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston agrar idorasi vakillarining tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va boshqa masalalarni muhokama qilishdan iborat.

 

Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti rektori maslahatchisi professor Munira Aminova  O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda “RAU” rahbariyati, jumladan, prorektor o‘rinbosari professor Nil Ravenskroft, "RAU2 Qishloq xo‘jaligi maktabi rahbari Filip Xadson va “RAU” tadqiqot direktori professor Mark Xorton bilan uchrashdi.

 

Buyuk Britaniyalik professor Ravenskroft mazkur uchrashuv doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

 

“Biz O‘zbekiston jamoasini Sayrensesterda kutib olishdan mamnunmiz. Bu yil bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijalariga ko‘ra, ular O‘zbekistonda yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik talablariga javob bera olishimizga ishonch hosil qilish maqsadida universitetimizga tashrif buyurishdi. RAU‘ning tarixiga nazar tashlasak, u barcha davrlarda butun dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bilan hamkorlik qilishga intilib, bilimlar xalqaro formatda bo‘lsada, dolzarb bo‘lib qolishiga va mahalliy darajada qo‘llanilishiga, talabalarning jahon darajasida taʼlim olishlarini taʼminlashga harakat qildi”.

 

Uning taʼkidlashicha, “RAU”ning O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan mustahkamlanib borayotgan aloqalari ushbu anʼanaviy yondashuvni davom ettirib, yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalari ushbu hamkorlikdan eng yaxshi natijalarga erishishlarini taʼminlaydi.

 

Ushbu hamkorlik rejasi davomida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi universitetning talabalari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlari bilan uchrashishdi, talabalar shaharchasi va universitet xo‘jaligining Farm-491 agrotexnologik inkubatorida bo‘lib, infratuzilma bilan tanishishdi. Shuningdek, delegatsiyaga yangi virtual o‘quv muhiti (Virtual Learning Environment) va “RAU” talabalarining hamkor universitetlar, yaʼni, Xitoyda o‘qitishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan boshqa innovatsiyalar taqdim etildi.

 

Maʼlumot uchun: joriy yilda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (RAU ) va “Litva Vitautas Magnus University” (VDU) o‘rtasida uch tomonlama o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan. Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “RAU” hamda (VDU) yangi xalqaro universitetni yaratish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgandi.

 

Shuningdek, memorandumda universitetlar o‘rtasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda fermerlar va fermer xo‘jaliklari maslahatchilarining malakasini oshirish va almashish dasturlarini amalga oshirish, loyiha va dasturlar ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, xalqaro konferensiyalar va boshqa ko‘plab masalalar ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Jizzaxda Qozon universiteti filiali ochilishi hamda Namanganda Pokistonning Lahor viloyati bilan hamkorlikda loyiha qiymati 10 million dollar bo‘lgan Lahore xalqaro universiteti filiali tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi | Zamon.uz