Londonliklar ishga kirishdi
“Chelsi” klubi uch futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, London klubi yarim himoyachi Meyson Mantga mavsum oxirida shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. 22 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Klub, shuningdek, shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladigan Ris Jeymsga ham yangi shartnoma taklif qilishga tayyor ekanligini maʼlum qilgan.
Bundan tshqari Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi va Kristenson “Chelsi”da qolmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







