Eng dolzarb

“Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” diplomlari yohud bilimni biznesga aylantirayotganlar kimlar?

Soxta hujjat 50 AQSH dollariga bahongani aytilmoqda.

“Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021”  diplomlari yohud bilimni biznesga aylantirayotganlar kimlar?

 

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik yoshlar maʼlum miqdordagi pul evaziga mukofotni sotib olgani aniqlangan.

Bu haqda Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi, tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, 2020 yildan buyon ko‘plab talabalar “Bobek” nomli umummilliy harakat (Qozog‘iston) tomonidan berilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining “Eng yaxshi yosh olimi” maqomi, ko‘krak nishoni va birinchi darajali diplom bilan taqdirlangani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Vaholanki, bu haqida davlat va notavlat OAV ham bu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida maʼlum qilishdi.OAV larning barcha turi, yaʼni, Xalq taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari va mahalliy  saytlarida maqtov maʼnosidagi materiallar joylandi. Ammo MDHning “Eng yaxshi yosh olim” qo‘pol qilib aytganda, “beʼmaza qovun urug‘i”dek, ko‘paydiki,  uning qasi biri kelajakka xizmat qiladi degan, ritorik so‘roq paydo bo‘ladi.

 

Faktlar tilga kirganda, maʼlum yo‘nalish bo‘yicha qatnashgan ishtirokchilarning barchasi ushbu yo‘nalishda birinchilikni olgani fosh bo‘ladi. Haqiqiy tanlov nizomida bunday holat bo‘lmaydi, bir yo‘nalishda bir kishi g‘olib bo‘ladi.

 

 

Tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov bunday holatga quyidagicha izoh beradi:

 

“Avval Andijon davlat universiteti axborot xizmatida ishlar edim. Iyun oyida bir talabamiz MDHda “Yilning eng yaxshi yosh olimi” deb topilgani haqida xabar qilishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qildik. Hammasi shundan keyin boshlandi. Ketma-ket shu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida xabarlar kela boshladi, hammasining ilinji bir, universitet rasmiy sahifalarida eʼlon qilish kerak. Shundan so‘ng o‘ylanib qoldik va tekshirishga qaror qildik. Bildikki, o‘zimizning talabalarimizdan biri ularning ko‘piga o‘rtada turib ushbu “medal”ni pulga olib beryapti. Talabalar rasmiy sahifalarda yoritilmasligini eshitgach, tanlov yolg‘on asosiga qurilganini aytib unga bosim o‘tkazishgan. U har bir nomzoddan 65 AQSH dollaridan olib, 50 AQSH dollarini to‘lov uchun, o‘ziga 15 AQSH dollarini xizmat haqi uchun olib qolgan”.

 

Aniqlanishicha, bu soxta “mukofot” larni taqdim etayotgan tashkilot joylashgan manzil Qozog‘istonning Nursulton shahri, Almati tumani, E-49 ko‘cha, 3/1 uy, 1 podeʼzd, 3 etaj, 24 xonadon bo‘lib,  bu manzil turar joy tipidagi uy sanaladi.

 

Assotsiatsiya shaklidagi yuridik shaxslar birlashmasi “Bobek” umummilliy harakati" rahbari Abiyev Yerkebulan Muratovich bo‘lib, hozirda 29 yoshda, Moskva davlat universiteti aspiranti. Tashkilot 2018 yil 19 iyunda ro‘yxatdan o‘tgan.

 

 

Ajablanarlisi, tashkilot Tahrir hayʼati bo‘limida hech kimning ismi, familiyasi mavjud emas. Demak, bu har qanday maqolani chop etish va “soqqa” qilish uchun sertifikat, medal berish mumkin degani.

 

Eng yomoni respublika tanlovlarida yoki maxsus stipendiyalar tayinlanishida bu diplomlar ham topshirilgan.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun to‘lov haqida maʼlumotlarni tashkilotchilarning saytidan topa olmadik. Biroq, ushbu tanlovda qatnashib, “g‘olib” bo‘lganlar bilan suhbatlashilganda ular 50-70 AQSH dollari atrofida pul berganliklari aniqlandi.Eng achinarlisi bitta ilmiy maqola bilan eng yaxshi yosh olimni aniqlash mumkinligi aqlga sig‘maydi.

 

Tanlov eʼlon qilingan saytda hech qanday tanlov haqida biror maʼlumot yo‘q.

 Yo‘q tanlov “g‘olib” va “g‘oliba”lariga qaysidir viloyat hokimi qo‘sha-qo‘sha sovg‘alar ham berdi.

 

Ushbu maʼlumotlarni ochiqlagan o‘qituvchi Sharofiddin Hoshimjonov tanlovda ishtirok etgan talaba bilan suhbatlashganda u maqolani yozgani va tarjima qilib horijiy nashrda chop etish uchun 40 dollar berganini aytib o‘tgan. Shundan so‘ng, nomi va nishoni yo‘q tanlovga o‘rtakashlar orqali maqolani topshirganva “g‘olib” bo‘lgan.

 

Bunday holatlarga olib kelayotgan “kichik” kamchiliklarning yo‘g‘on ildiziga bolta urish vaqti kelmadimikan? Soxta obro‘ orttirish bilan o‘zimizni o‘zimiz aldashimizdan nima foyda?

 

Aynan yoshlar o‘rtasida bu tanlovga qiziqish shu darajada ko‘payib ketdiki, o‘zini mashhurlik shohsupasida ko‘rishni xohlagan, boshqalarning pulini sarflab bo‘lsa ham shunaqa shuhratga erishish uchun harakat qilayotgan “bilim” egalarining asl maqsaddan og‘ishayotganidan ogog‘lantirish kerak emasmikan?!

 

Xulosa o‘rnida, o‘ziga shu ishni ep ko‘rayotgan yoshlar soxta maqomni orzu qilayotganlar  ilm borasida sinov kelagnida ikki yuzi qizarishidan uyalib qolmasmikan?

 

Savollar bisyor, to‘g‘ri va holis yo‘l tanlash albatta, o‘zingizga havola!

 

Cho‘lponoy Ahmedova 

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” diplomlari yohud bilimni biznesga aylantirayotganlar kimlar? | Zamon.uz