Bugun 20:00dan boshlab “Ai-80” 6890 so‘mdan sotiladi
O‘zbekiston hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi taʼminlanadi.

So‘nggi kunlarda AYOQSHlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sabab ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, benzin taqchilligini oldini olish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqildi.
Natijada “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYOQSHlarda bugun, 26 noyabr kunidan boshlab soat 20:00dan buyon “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda benzin 39 foizga qimmatlashgani haqida xabar berilgandi.







