Terma jamoamiz Dakka shahridan qaytishdi
Bangladeshning Dakka shahrida Kamondan otish sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Osiyoning 16 davlatidan saralangan sportchilar kuch sinashgan mazkur musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tish kerak, mazkur musobaqada qatnashgan mamlakatimiz sportchilari O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘lganlar hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 6 nafar sportchimiz xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega.
Chempionatning ilk kunidayoq kamonchimiz Sodiqov Amirxon merganlik mahoratini namoyish etib, 656 ball to‘plagan.
Terma jamoamiz vakillari, Olimpiya turlari, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuv hamda miks(aralash) turlarida ham ajoyib natijalarga erishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda sportchilarimiz 16 ta davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamizga kelgusi musobaqalarda zafarlar tilab qolamiz.
Avvalroq Dzyudo bo‘yicha sportchilarimiz 5 ta medalni qo‘lga kiritgani, yana bir o‘zbek futbolchisi “Jenoa”ga o‘tishi mumkinligi hamda Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







