Aleksey Miranchukning xaridori ko‘paydi
“Atalanta” yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk yanvar oyida “Verona” klubiga o‘tishi mumkin.

Rossiyalik futbolchi jamoadan ketishni istamoqda. Sababi unga muntazam o‘yin amalyoti yetishmayapti. Hozirgi vaqtda yarim himoyachiga “Torino”, “Zenit”, “Jenoa”, “Sassuolo” va “Sampdoriya” klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Miranchuk “Atalanta” bilan 2020 yil sentabr oyida shartnoma imzolagan edi. Rossiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Futbolchi “Atalanta” safida o‘tgan mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq “Atalanta” Miranchukning o‘rniga boshqa futbolchi topgani va “PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







