Eng dolzarb

Qanday turdagi jamoat birlashmalarini tuzish qonunan taqiqlanishini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi hududida bir nechta jamoat birlashmalarini tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish va yuritish man etiladi.

Qanday turdagi jamoat birlashmalarini tuzish qonunan taqiqlanishini bilasizmi?

 

Jumladan, jamiyatning axloqiy negizlari, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan guruhlar tashkil etish jinoyat hisoblanadi.

 

Shuningdek, konstitutsion tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududining birligini buzishga qaratilgan, shu qatorda, urushni, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni targ‘ib qiladigan tashkilotlarni tuzish qonunan taqiqlanadi.

 

Jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, sinfiy, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan man qilingan boshqa hatti-harakatlarni bajarishni maqsad qilgan jamoat birlashmalarini tuzish ham davlat qonunchiligiga zid hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari hamda boshqa struktura bo‘laklari faoliyatiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Avvalroq “Hizb ut-Tahrir” aʼzolari qo‘lga olingani hamda Toshkentda “Xalifalik” davlatini qurmoqchi bo‘lgan 12 nafar shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qanday turdagi jamoat birlashmalarini tuzish qonunan taqiqlanishini bilasizmi? | Zamon.uz