Eng dolzarb

Qoraqalpog‘istonda IIVning 3 nafar xodimi ishtirokida YTH ro‘y berdi

Ularning 3 nafari ham vafot etgan.

Qoraqalpog‘istonda IIVning 3 nafar xodimi ishtirokida YTH ro‘y berdi

 

Bu haqida JIЕD matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni soat 00.10 larda videoselektor yig‘ilishidan qaytayotgan IIV  Jazoni ijro etish departamentining xodimlari Nukus-Qo‘ng‘irot yo‘lida avtohalokatga uchragan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi “A-380” “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Buyneu”  avtomobil yo‘lining 708 kilometrida jazoni ijro etish xizmati xodimi I.I   xizmat joyidan xonadoniga qaytayotgan vaqtida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” avtomashinasini boshqarayotganda, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turadigan beton to‘siqqa urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Oqibatda, transport vositasida bo‘lgan shaxslar M.X hamda X.X lar og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida, I.I esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan

 

Hozirda yuz bergan avtohalokat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Yangisaroy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Sobalt” “ZIL”ga urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani hamda Nukus tumanida Matiz avtomobili yo‘lning qatnov qismida ketayotgan piyodani urib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qoraqalpog‘istonda IIVning 3 nafar xodimi ishtirokida YTH ro‘y berdi | Zamon.uz