Jon Merto Ralf: “U Yevropa futbolidagi innovatorlardan biri”
“Manchester Yunayted” sport direktori Jon Merto Ralf Rangnikning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida gapirdi:

“Ralf Yevropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan murabbiy va innovatorlardan biri hisoblanadi. U jamoamizga vaqtinchalik murabbiylik uchun birinchi raqamli nomzodimiz edi. Unda katta tajriba va o‘ziga xos uslublar yarata olish qobilyatlari mavjud. Jamoa aʼzolari murabbiyning kelgusi mavsumda ham ishlashini xohlamoqda”.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” noyabr oyi boshida Ole-Gunnar Sulsherni isteʼfoga chiqarganini eʼlon qilgan edi.
Avvalroq Klopp “Liverpul” tarixida rekord o‘rnatgani va Konte “Qizil iblislar”ni boshqarmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







