Sport

Messi yettinchi bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi

Parij shahrida futbol bo‘yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Messi yettinchi bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi

 

Marosimda “PSJ” va Argentina terma jamoasi hujumchisi, Lionel Messi 2021 yilgi mavsum  “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.

 

Shuningdek, 34 yoshli argentinalik futbolchi  bu sovrinni 7 marotba  qo‘lga kiritdi va  bu rekord ko‘rsatkichdir. Krishtianu Ronaldu esa mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha, 5 ta sovrin bilan 2 o‘rinni egallab turibdi.

 

Manbaga ko‘ra, 2021 yilda Messi  “Barselona” bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Natijada,  2020 — 2021 yilgi mavsumni 30 ta gol bilan La Liganing eng yaxshi to‘purari sifatida yakunladi va Argentina terma jamoasi bilan ilk bor Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi.

 

Maʼlumot o‘rnida:  Messi 2009 yildan 2012 yilgacha, shuningdek, 2015 va 2019 yillarda ketma-ket 4  marta  “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” va “Anji” klubining sobiq hujumchisi Samuel Eto‘O "Oltin to‘p" uchun asosiy daʼvogar Messi ekanligi hamda Kuman Messi “Barselona”dagi hamma narsaga taʼsir o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Messi yettinchi bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi | Zamon.uz