Eng dolzarb

8 oylik homilador ayolni pichoqlagan shaxs 20 yilga qamaldi

Uni o‘g‘rilik va qotillik sodir etishiga qimorda yutqazilgan pul sabab bo‘lgan.

8 oylik homilador ayolni  pichoqlagan shaxs 20 yilga qamaldi

 

Bundan bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik 29 yoshli Ulug‘bek Nizomov internetdagi "1xbet" qimor o‘yinlarida katta miqdordagi pulni yutqazib qo‘ygani va uni to‘lash maqsadida qo‘shnisining uyiga o‘g‘rilikka kirib homilador kelinini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar tarqalgan edi.

 

Mazkur qotillikni sodir etgan fuqaro qo‘lga olinib unga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi.

 

Tergov jarayonlarida maʼlum bo‘lishicha Ulug‘bek Nizomov internet orqali muntazam qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar o‘ynab kelgan. Natijada 100 million so‘mdan ortiq pul yutqazib, ko‘p miqdorda qarzdor bo‘lib qolgan. Qarzlarini to‘lash uchun qo‘shnisi O.Q.dan 2 ming dollar qarz olgan. Qo‘shnisining yaxshilik qilib pul bergani Ulug‘bekni halovatini buzgan. U qo‘shnimning uyida ko‘p pul borligini taxmin qilib joriy yilning 23 iyun kuni uyiga hech kim yo‘qligida o‘g‘rilikka tushgan. Kutilmaganda uyga qo‘shnisining homilador kelini kelib qoladi. Ulug‘bek Nizomov qilmishi oshkor bo‘lishidan qo‘rqib qo‘shni kelinga pichoq bilan hujum qilgan, tanasining turli sohalariga tan jarohatlari yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Ayol ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

 

2021 yil 23 iyun kuni mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Ulug‘bek Nizomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "b", “i” bandlari (homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish), 164-moddasi 3-qismi "v", "g" bandlari (uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda badanga og‘ir shikast yetkazib, bosqinchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan qotillikka qo‘l urgan shaxsga sud hukmi bilan 20 yil qamoq jazosi tayinlandi.

 

Avvalroq Bulung‘urda mast erkak amakisini ketmon bilan jarohatlab, o‘ldirgani  hamda Farg‘onada 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib dalaga tashlab ketishgani haqida xabar bergan edik. 

 

Munojat Valiyeva

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

8 oylik homilador ayolni pichoqlagan shaxs 20 yilga qamaldi | Zamon.uz