Sport

“Bivol - Salamov shousi”da yana to‘rtta chempionlik jangi o‘tkaziladi

11 dekabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg  shahrida “RCC Boxing Promotions” kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

“Bivol - Salamov shousi”da yana to‘rtta chempionlik jangi o‘tkaziladi

 

Ushbu jang oqshomining asosiy to‘qnashuvi WBA yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Dmitriy Bivol va Umar Salamov o‘rtasida o‘tkaziladi. Kechaning markaziy janglaridan yana biri WBO reytingining ikkinchi va to‘rtinchi raqamli jangchilari o‘zaro to‘qnash keladi. Unda Magomed Qurbonov va Patrik Teysheyra “WBO International” kamari uchun ringga ko‘tarilishadi.

 

Mazkur boks oqshomi doirasida yana uchta titul janggi tashkillashtiriladi. Unda Eduard Skavinskiy va Sergey Lobkovich WBC yo‘nalishining yarim o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun bahs olib borishadi. Rossiyalik bokschilar Ruslan Komilov va Dmitriy Xasiyev “WBO Inter-Continental” kamari va ikkinchi yengil vazn toifasida jahon boks tashkiloti reytingining kuchli uchligidan joy olish uchun jang qilishadi. Artur Lopsan va Ramil Hajiyev esa o‘rta vazn toifasida “WBO Oriental” chempionlik kamari uchun to‘qnash kelishadi.

 

Avvalroq Toshkent shahrida professional boks oqshomi o‘tkazilishi va Gennadiy Golovkin va Reta Murataning jang sanasi aniq bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Bivol - Salamov shousi”da yana to‘rtta chempionlik jangi o‘tkaziladi | Zamon.uz