Eng dolzarb

Endi haydovchining hujjati bo‘lmasa ham javobgarlikka tortilmaydi. Biroq…

Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar haydovchining yonida bo‘lmaganligi uchun javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinmoqda.

Endi haydovchining hujjati bo‘lmasa ham javobgarlikka tortilmaydi. Biroq…

 

Bunda mashina boshqaruvchisining yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID-karta) mavjud bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya qiladi.

 

Eslatma. Agar mutlaqo hujjati bo‘lmasa, unda javobgarlikka tortiladi.

 

Eng eʼtiborlisi, endilikda haydovchilarga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali aloqaning xavfsiz va qo‘lni band qilmaydigan texnik vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunday vositalarga quloqchin, “bluetooth” kiradi.

 

Eslatma. Aloqa vositalari qo‘lni band qilmaydigan, boshqaruv jarayoniga xalal bermaydigan bo‘lishi lozim.

 

Bundan tashqari, transport old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda.

 

Eslatma. Transport vositasini boshqarish jarayonida monitordan tele-, videodasturlarni tomosha qilish taʼqiqlanadi.

 

MJtKning 4 ta moddasi bo‘yicha jazo miqdori huquqbuzarlikning xavflilik darajasi va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda maqbullashtirilmoqda. Jumladan, aholining ayrim qatlamlari uchun moddiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan holat, yaʼni avtomobilda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun to‘lanadigan baʼzi jarimalar miqdorida o‘zgartirish bo‘ladi.

 

Xususan, oddiy fuqarolar uchun olinadigan oldingi jarima to‘lovi 27 mln. so‘m edi. Endilikda mazkur summa 1,9 mln. so‘mgacha pasaytiriladi.

 

Mansabdor shaxslar uchun esa avvalgi 40 mln. so‘mdan iborat jarima unduruvi 8,1 mln. so‘mgacha kamaytiriladi.

 

Avvalroq Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori kamaytirilishi hamda YTH soni ham jarima summasi ham oshib borayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Endi haydovchining hujjati bo‘lmasa ham javobgarlikka tortilmaydi. Biroq… | Zamon.uz