Levandovski ham “Oltin to‘p” olishi mumkin
“France Football” nashri bosh muharriri bu haqda fikr bildirdi.

“Biz bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz mumkin. Biroq, shu bilan birga tanlovga asoslangan “Oltin to‘p” tarixini ham hurmat qilishimiz kerak. Levandovski o‘tgan yili sovringa ega chiqardi, deb ishonch bilan gapirib bo‘lmaydi. Ovoz berish jarayonida nimalar ro‘y berishini ayta olmaymiz. Ammo rostini aytsam, o‘tgan yili g‘olib bo‘lish uchun Levandovskida ajoyib imkoniyat bor edi”, — deydi nashr bosh muharriri Paskal Ferre.
Ferre bu gaplari bilan Levandovskiga 2020 yilgi “Oltin to‘p” topshirilishi mumkinligini inkor etmadi, shu bilan birga bu qiyin masala ekanini ham bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi “Oltin to‘p” sovrini uchun ovoz berish jarayonining yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchiligi va futbolchi “Real Madrid” klubiga o‘tmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







