Toshkentga professional boks oqshomi qaytmoqda
"Matchroom Boxing" kompaniyasi Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomini rasman eʼlon qildi.

Mazkur kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot DIvuarlik bo‘lgan, Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang o‘tkazadi.
Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchin o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Isroil Madrimov esa 2-o‘rinni band etgan. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy daʼvogarga aylanadi.
Shou doirasida Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro‘zmetov kabi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Jamshidbek Amirov







