Xushxabar: Yaqin kunlarda “Haj” va “Umra”ga yo‘l ochilishi mumkin
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo‘nab ketdi.

Butun dunyoda kuzatilgan pandemiya sabab o‘tgan ikki yil davomida butun dunyo musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘ldi.
Shu bois bugun, 1 dekabr kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiya Arabistoniga ketdi.
Umid qilamizki, ushbu safar ko‘pchilik intiqlik bilan kutayotgan xayrli va ezgu amalning qayta tiklanishiga zamin bo‘ladi.







