Rangnik Holandni Manchesterga kelishga rozi qiloladimi?
“Manchester Yunayted” Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holandga qiziqish bildirmoqda.

“Qizil iblislar”ning yangi vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik klubga norvegiyalik hujumchini sotib olishda yordam berishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Holandni “Manchester Yunayted”ga o‘tishga ko‘ndirsa, 10 million yevro bonus oladi. Eslatib o‘tamiz, Rangnik 2019 yilda o‘sha paytdagi 18 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolaganida, “Zalsburg”ning sport direktori edi. Ralfning o‘sha qarori Holandga katta futbolga yo‘llanma berdi.
Hozirda norvegiyalik futbolchiga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “PSJ” klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi klub miqyosida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Аvvalroq “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchiligi va Krishtianu Ronaldu Manchesterdan ketmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







