Lionel Messi: “Hech qachon eng zo‘r futbolchi bo‘lishni xohlamaganman”
“PSJ” hujumchisi Lionel Messi yettinchi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani haqida gapirdi.

“Men tarixdagi eng yaxshi futbolchiman deb umuman aytmaganman. Bu meni qiziqtirmaydi. Hech qachon eng zo‘r futbolchi bo‘lishni xohlamaganman. Men har doim orzularim uchun kurashdim. Avvaliga professional futbolchi bo‘lishni niyat qildim. Undan so‘ng esa yildan-yilga yaxshi natijalarga erishib, yangi marralar sari harakat qildim”.
Eslatib o‘tamiz, Messi 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Oltin to‘p” topshirish marosimida 7-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin esa “Chelsi” vakili Jorjinyoga nasib etdi.
Avvalroq Lionel Messi “PSJ”da qancha pul ishlab topishi maʼlum bo‘lgani va Messi va Fransiya prezidenti Mbappeni Parijda qolishini xohlayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshibdek Amirov







