Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etiladi
Yangi institut 2022-yildan o'z faoliyatini boshlaydi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Qaror lyihasiga ko‘ra, Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Institut xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida oliy ta‘lim muassasalari orasida birinchi 1000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta‘lim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual ta‘lim trayektoriyalariga asoslanadi.
Javohirbek Tursunov








