Sport

Hamyurtimiz xalqaro musobaqada uchta medalni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Bahrayn davlatida yoshlar o‘rtasida Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Hamyurtimiz xalqaro musobaqada uchta medalni qo‘lga kiritdi

 

Bugun musobaqaning uchinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. Kunning dastlabki bellashuvlarida parasuzuvchimiz Azizbek Boynazarov uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. U S8 klassida 100 metrga batterflyay dasturida ishtirok etib, marraga uchinchi bo‘lib keldi. Shu tariqa 1:18:80 daqiqa natija qayd etgan Boynazarov bu gal bronza medalini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

 

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Boynazarov bundan avval terma jamoamiz hisobiga 2 ta oltin medalni keltirgan edi. Hozircha delegatsiyamiz hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.

 

 

Hamyurtimiz xalqaro musobaqada uchta medalni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz