Ta'lim

Oliy taʼlim muassasalarida dars vaqtini qisqartirish taklif etildi

Talabalarning ko‘pchiligi bu taklifni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Oliy taʼlim muassasalarida dars vaqtini qisqartirish taklif etildi

 

Yoshlarforumi.uz platformasida oliy taʼlim muassasalaridagi dars vaqtini qisqartirish taklif qilindi. Muallifning fikricha, dars soatlarini qisqartirish talabalarning foydali ish koeffitsiyentini oshiradi.

 

“Oliy taʼlim muassasalarida 1 para dars 80 minutga to‘g‘ri keladi. Maʼruza darslarida o‘qituvchilar dars o‘tishadi. Talabalar shu maʼruzaga uzog‘i bilan 40-50 daqiqa diqqatini jamlay oladi, xolos. Natijada maʼruzaning qolgan qismini talabaning miyasi qabul qilmay qoladi. Bu tabiiy holat: inson miyasining tuzilishi shunaqa. Taklifim shundan iboratki, 1 para darsni 80 daqiqa emas, 45-50 daqiqagacha tushirish kerak. Fikri ojizimcha, bu yo‘l o‘zini oqlaydi. Chunki 2020/2021-o‘quv yilining noyabr-dekabr oylarida pandemiya sababli darslar xuddi shunaqa 45 minutgacha qisqartirilgandi. Buni agar hozirgi holat bilan solishtiradigan bo‘lsak, o‘sha vaqtda talabaning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriroq bo‘lgan deb o‘ylayman”.

 

Hozirgi vaqtga qadar platformada mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlovchilar 75 foizni, aksincha fikr bildirganlar 25 foizni tashkil etdi.

 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘zining rasmiy telegram sahifasida Yoshlar forumi yakunlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinishi, bu qarorda ayni shu kabi takliflar aks etishi mumkinligini bayon qilib, barchani platforma orqali o‘z g‘oyalari va muammolarini yozib qoldirishga chaqirgan edi.

 

Javohirbek Tursunov

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Oliy taʼlim muassasalarida dars vaqtini qisqartirish taklif etildi | Zamon.uz