Hamyurtlarimiz Para-Osiyo o‘yinlarini 18 ta medal bilan yakunlashdi
Bugun Bahrayn davlatida o‘tkazilayotgan Para-Osiyo o‘yinlarining so‘nggi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar pauerlifting va para-suzish sport turlari bo‘yicha bellashishdi.
Jumladan, para-suzishning S8 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Azizbek Boynazarov 01:21:39 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida Sherali Ahmedov 138 kg toshni bo‘ysundirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi yoshlar o‘rtasidagi Para-Osiyo o‘yinlarini 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal bilan yakunladi.
Jamshidbek Amirov








