Sport

Toshkentda jahon chempionati boshlanmoqda

7 - 17 dekabr kunlari Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Toshkentda jahon chempionati boshlanmoqda

 

Mazkur musobaqada dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan 400 dan ortiq sportchi “Yunusobod” sport majmuasi supachasiga ko‘tarilishi kutilmoqda. Chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rgan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Rio-2016 va Tokio-2020 chempion va rekordchilari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev ham ishtirok etadi. Shuningdek, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvarbek Zafarjonov va yana bir qator sportchilarimiz salohiyatini namoyish qilishadi. Ayollar terma jamoasi vakili, Tokio Olimpiadasi rekordchisi Muattar Nabiyeva ushbu musobaqada ishtirok etmaydi, lekin bir qator yosh sportchi qizlarimiz dunyoning eng kuchli atletlari bilan kurashda ulkan tajriba orttirishadi hamda bu ularga Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam beradi degan umiddamiz.

 

Ayni paytda musobaqaning barcha rasmiy jarayonlari, shu qatorda ishtirokchi va ularning chiqish vaqtlari malum bo‘ldi.

 

Atletlarimizning musobaqada qatnashish vaqti bilan tanishtirib o‘tamiz:

Ayollar

 

-49 kg. Zuhra Otajonova - 19:00 (8.12)

-55 kg. Jamila Panfilova - 16:00 (9.12)

-71 kg. Kumushxon Fayzullayeva - 19:00 (13.12)

-87 kg: Tursunoy Jabborova - 19:00 (16.12)

Erkaklar

 

-67 kg. Adhamjon Ergashev - 16:00 (10.12)

 Doston Yoqubov - 16:00 (10.12)

-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)

-89 kg. Otaxon Imomov - 10:30 (13.12) (B guruh)

-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov - 16:00 (13.12)

-96 kg. Hojiakbar Olimov - 08:30 (14.12) (C guruhi)

-96 kg. Qurbonmurod Namozov - 13:00 (15.12)

-109 kg. Ruslan Nurudinov - 16:00 (16.12)

Akbar Jo‘rayev - 16:00 (16.12)

+109 kg. Mirhosil Mirzaboyev - 08:00 (17.12) (C guruh).

 

Avvalroq dzyudochilarimiz xalqaro turnirni ikkita medal bilan yakunlashgani va Buxoroda kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda jahon chempionati boshlanmoqda | Zamon.uz