“Yuventus” futbolchisiga inglizlar qiziqmoqda
“Arsenal” “Yuventus” yarim himoyachisi Deyan Kulusevski transferi ustida ishlamoqda.

“La Republica” nashri xabariga ko‘ra, London klubi shved futbolchisi uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini maʼlum qilgan. “Yuventus” esa futbolchi uchun 40 million yevro talab qilmoqda. Kulusevskining o‘zi ham ayni damda “Arsenal”ga o‘tish istagini bildirgan.
Deyanga “Arsenal”dan tashqari “Tottenhem” klubi ham qiziqmoqda. “Shporlar” sport direktori, avvalroq “Yuve”da ishlagan Fabio Paratichi o‘ng qanot himoyachisiga muxlislik qilishini aytib o‘tgan. U Antonio Konte jamoasini kuchaytirish uchun Kulusevski bilan shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi “Yuventus” safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Paulo Dibala “Yuventus” bilan besh yillik shartnoma imzolamoqchiligi va turinliklar Sakani o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







