YCHL: So‘nggi turning dastlabki o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?
Kecha Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda turning dastlabki bellashuvlari o‘tkazildi. Oqshomning eng markaziy o‘yini “Milan” hamda “Liverpul” jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Natijada Milan shahriga safar qilgan liverpulliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yana turning eng qiziqarli o‘tgan o‘yinlaridan biri “Inter” va “Real Madrid” jamoalari ishtirokida bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahsda madridliklar o‘z uyida 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi va navbatdagi uch ochkoni naqd qildi.
Chempionlar ligasining qolgan uchrashuvlarida qanday natijalar qayd etilganini quyida bilib olishingiz mumkin:
“PSJ” 4:1 “Bryugge”
“RB Leypsig” 2:1 “Manchester Siti”
“Ayaks” 4:2 “Sporting”
“Borussiya D” 5:0 “Beshiktosh”
“Portu” 1:3 “Atletiko”
“Shaxtyor” 1:1 “Sherif”.
Avvalroq yangi mavsumda yangi transferlarda kim qanchaga baholangani va Chempionlar ligasining ikkinchi kungi bahslari yakuniga yetgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







