O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda
13-15 dekabr kunlari -16 darajagacha pasayadi.

Joriy yilning 12-15 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.
12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.
Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/S gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo haroratini meʼyordan 8-10 gradus pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 gradus sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 gradus iliqgacha, shimolda kechalari 7-12 gradus sovuqgacha, baʼzi joylarda 14-16 gradus sovuqgacha, kunduz kunlari 3 gradus sovuq, 2 gradus iliqgacha pasayadi.







